«Buni hech kimga ravo ko'rmayman» — Baumann Ter Shtegenning holati haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473

Germaniyalik darvozabon Oliver Baumann jarohat olgan hamkasbi Mark-Andre ter Shtegenni qo'llab-quvvatladi.
Yaqinda ijara asosida «Jirona» sharafini himoya qilayotgan «Barselona» posboni tizza osti payidan jarohat oldi. Futbolchi juma kuniga belgilangan jarrohlik amaliyotini o'tkazadi.
«Unga juda achinaman. Unga xabar yozdim. Bunday holatni hech kimga ravo ko'rmayman. Tezroq sog'ayib ketishi uchun duodaman», — dedi Baumann RTL telekanaliga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 33 yoshli Ter Shtegen barcha turnirlarda uchta o'yinda ishtirok etib, ikkita gol o'tkazib yubordi. Germaniyalik futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298