Klaudio Raneri «Roma» etakchilarining ketishi mumkinligiga sha'ma qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 548

«Roma» klubi maslahatchisi, taniqli italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri hujumchi Paulo Dibala va yarim himoyachi Lorentso Pellegrinining Rim klubini tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Faoliyatimizni davom ettirish uchun maoshlar jadvalini qisqartirishimiz kerak. Aks holda, klub oyoqda tura olmaydi. Biz bu futbolchilarning natijalarga qo'shayotgan hissasini baholaymiz va murabbiylar shtabi bilan maslahatlashamiz. Agar umumiy kelishuvga erishilmasa, biz xayrlashamiz», — deya funktsionerning so'zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.
A Seriyaning 23 turidan so'ng «Roma» 43 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303