Rasman: «Vulverxempton» himoyachisi Turkiyaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319

«Vulverxempton» himoyachisi Emmanuel Agbadu tumanli Albionni tark etdi. 28 yoshli ivuarlik futbolchi faoliyatini Istanbulning «Beshiktosh» klubida davom ettiradi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ta'kidlash joizki, Agbadu «bo'rilar» safida o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon o'ynab kelayotgan edi. Joriy mavsumda afrikalik futbolchi 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 18 million evroga baholangan.
Turkiya chempionatining 20 turidan so'ng «Beshiktosh» 36 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Istanbul jamoasi peshqadam «Galatasaroy»dan 13 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355