«Yuventus» Vlaxovich o'rniga top-hujumchi qidirmoqda: Nomzodlar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

«Yuventus» kelayotgan yozda yangi hujumchi sotib olish uchun katta mablag' sarflashga tayyor.
Shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadigan Dushan Vlaxovich katta ehtimol bilan «keksa sinora» safini tark etadi. Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, turinliklar hamon «Galatasaroy»da to'p surayotgan Viktor Osimxenga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «byankoneri» rahbariyati «Tottenxem»dagi ijara muddati tugagach «PSJ»ga qaytadigan Randal Kolo-Muanini yana o'z tomoniga og'dirishga harakat qilib ko'rishi mumkin. Muqobil variant sifatida esa shu qishda «Milan»ga o'tishiga bir baxya qolgan «Kristal Pelas» a'zosi Jan-Filipp Mateta ko'rib chiqilmoqda.
Transfermarkt portali Osimxenning narxini 75 mln evro, Kolo-Muanini 25 mln evro, Matetani esa 40 mln evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
345