Fabritsio Romano tasdiqladi: London klubi Rikardo Pepi uchun kurashni davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

"Fulxem" hujumchi Rikardo Pepini sotib olish bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotga ko'ra, amerikalik futbolchi to'p surayotgan Niderlandiyaning PSV klubi transfer oynasining so'nggi kunida munosib o'rinbosar topa olmagani sababli uni qo'yib yuborishdan bosh tortgan. Endi "Fulxem" rahbariyati o'yinchini kelayotgan yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi 22 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Pepining narxini 15 million evroga baholamoqda, londonliklar esa u uchun 37 million evro taklif qilishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335