"Galatasaroy" afrikalik futbolchi transferini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi yarim himoyachi Renatu Nyaganing transferini yakunladi, deb xabar beradi jamoaning rasmiy veb-sayti.
Gvineya-Bisau terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi 18 yoshli futbolchi ilgari o'zi tug'ilgan Portugaliyaning "Kaza Pia" klubida o'ynagan.
U klub tarixidagi eng yosh debyutant hisoblanadi. Nyaganing transferi "Galatasaroy"ga 6,5 million evroga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
332