"Barselona" ayollari "Real"ni yana er tishlatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

"Barselona" ayollar jamoasi "Real" ustidan navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Kataloniya jamoasi Ispaniya Kubogi chorak finali doirasidagi uchrashuvda 4:0 hisobida zafar quchdi. Eva Payor dubl qayd etgan bo'lsa, Aleksiya Putelyas va Salma Paralyuelo ham bittadan gol muallifiga aylanishdi.
Bu "Barselona" va "Real" ayollar jamoalarining barcha turnirlardagi 22-uchrashuvi bo'ldi. 21 ta o'yinda "blaugrana" g'alaba qozongan, "qaymoqranglilar" esa faqat bir marta ustun kelishgan. Ushbu uchrashuvlarning umumiy hisobi Kataloniya klubi foydasiga 77:10 ko'rinishini olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
332