«Yuventus» yana trebl qayd eta olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 753

«Yuventus» bu mavsumda trebl qila olmaydi. Bugun Luchano Spalletti boshchiligidagi jamoa Italiya Kubogi chorak finalida "Atalanta"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.
Turinliklar o'z tarixida hali biror marta bir mavsumning o'zida ham Italiya chempionati, ham mamlakat Kubogi, ham Chempionlar ligasida (Evropa chempionlar kubogi) g'olib chiqmagan.
Ayni damda Seriya A turnir jadvalida "byankonerilar" 23 turdan so'ng 45 ochko jamg'arib, 4-o'rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasining nimchorak finalida ular "Galatasaroy" bilan to'qnash kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
333