Turkiya grandi shveytsariyalik futbolchini qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 827

29 yoshli xavbek Denis Zakariya «Monako»ni «Galatasaroy»ga almashtirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Turkiya grandi futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Zakariyaning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 25 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Denis Zakariya «Monako» safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335