Kes Smit uchun katta poyga boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

APLning uchta top-klubi «AZ Alkmaar» yarim himoyachisi Kes Smitni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, futbolchiga «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq xavbekni Madridning «Real» klubi sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Smitning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 22 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Kes Smit 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda yarim himoyachi uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284