"Arsenal"dan kubokni tortib olamiz": Reynders "Siti"ning maqsadini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tijani Reynders Liga kubogi finaliga chiqqaniga izoh berdi. Futbolchi "shaharliklar" sovrin uchun kechadigan bahsga juda jiddiy tayyorgarlik ko'rishini ta'kidladi. "Siti" finalda "Arsenal"ni mag'lub etishni rejalashtirmoqda.
"Finalga biz haddan tashqari katta ishtiyoq bilan etib boramiz. Biz bu sovrinni "Arsenal"dan tortib olmoqchimiz", — dedi Reynders.
"Manchester Siti" yarim finalning ikki o'yinida ham "Nyukasl"ni mag'lub etdi (2:0 va 3:1). Finalda "shaharliklar" "Arsenal" bilan to'qnash kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317