"MYu", "Chelsi", "Liverpul" va "Bavariya" Kunde uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde klubini o'zgartirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, futbolchi bilan shartnoma imzolashni "Bavariya" ham istamoqda.
Transfer summasi 80 million evroga baholanmoqda. Ta'kidlanishicha, "Barselona" hali yakuniy qarorga kelmagan, biroq Kunde endilikda "daxlsiz" o'yinchilar ro'yxatida emas.
Joriy mavsumda Jyul Kunde "Barselona" safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda futbolchi uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283