"Liverpul" va "Arsenal" sobiq a'zosi Shotlandiyaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Angliyalik tajribali yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen uzoq tanaffusdan so'ng yana katta futbolga qaytmoqda. 32 yoshli futbolchi Shotlandiyaning "Seltik" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Kutilishicha, juma kuni tomonlar yarim yillik (mavsum yakuniga qadar) bitim tuzishadi.
Aleks Oksleyd-Chemberlen o'tgan yilning yozida Turkiyaning "Beshiktosh" klubini tark etgan edi. Avvalroq futbolchi "Liverpul" va Londonning "Arsenal" klublarida olti yildan faoliyat yuritgan, karerasini esa "Sautgempton"da boshlagan. Angliya terma jamoasi safida yarim himoyachi 2012 yildan 2019 yilgacha bo'lgan davrda 35 ta o'yin o'tkazib, ettita gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
313