"Yuventus" 90 mln evrolik APL yulduzi transferi ustida ish boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali hamon "Yuventus" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Italiyalik futbolchi allaqachon "keksa sinora"ning asosiy maqsadiga aylangan, biroq uning yuqori narxi Turin grandi uchun asosiy to'siq bo'lib qolmoqda. Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, "Yuventus" umidini uzmagan va xavbek transferi ustida ishlashni bahorda boshlashni rejalashtirmoqda.
"Nyukasl" o'z futbolchisi uchun taxminan 90 million evro talab qilmoqda, shu sababli Premer-liga klublarida bu kelishuvni amalga oshirish imkoniyati "byankoneri"ga qaraganda ancha yuqori.
Sandro Tonali 2023 yilning yozida "Milan"dan 60 million evrodan ko'proq mablag' evaziga "qarg'alar" safiga kelib qo'shilgan edi. Italiya terma jamoasi yulduzining "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
329