"Real"ning sobiq yulduzi Xames yangi klubga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges MLSda to'p suradi. 34 yoshli futbolchi "Minnesota Yunayted" klubi bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda mashhur insayder Fabritsio Romano. Kolumbiyalik yulduz MLS vakiliga erkin agent sifatida tekinga tushadi. Tomonlarga kelishuvning so'nggi detallarini hal qilish qolgan, xolos.
Xames Rodriges yanvar oyi boshida Meksikaning "Leon" klubini tark etgach, jamoasiz qolgan edi. Ikki karra Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan Xames ko'proq "Portu", "Monako", "Real Madrid", "Bavariya" va "Everton"dagi o'yinlari orqali tanilgan. So'nggi uch yil ichida futbolchi "Olimpiakos", "San-Paulu", "Rayo Valekano" va yuqorida aytib o'tilgan "Leon" klublarida o'z kuchini sinab ko'rishga ulgurdi.

Bosh sahifaga
333