Simeone Lukmanni e'tirof etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Madridning "Atletiko" klubi yangi a'zosi Ademola Lukman jamoa safida yorqin debyut qildi. 28 yoshli hujumchi Ispaniya Kubogi 1/4 finalida "Betis"ning tor-mor etilishiga (5:0) o'z hissasini qo'shdi — uning hisobida bitta gol va bitta golli uzatma mavjud.
"Lukman bizning barcha o'yinchilarimizdan farq qiladi, ayniqsa birga-bir vaziyatlarda u juda kuchli. Shuningdek, u jamoadoshlari bilan hamkorlikda ham yaxshi o'yin ko'rsatadi. Uning fazilatlari bizga uni turli pozitsiyalarda ishlatish imkonini beradi. Ademola o'zini qulay his qilmoqda va umid qilamanki, biz unga yanada ko'zga ko'ringan futbolchi bo'lishga yordam beramiz, u esa "Atletiko"ning jamoa sifatida o'sishiga ko'maklashadi", — dedi o'yindan keyingi intervyuda jamoa ustozi Diego Simeone.
Madridliklar Ademola Lukmanni fevral oyi boshida "Atalanta"dan 35 million evro evaziga sotib olgan edi.

Bosh sahifaga
336