«Tottenxem» argentinalik hujumchisini 9 mln evroga sotadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4248

Argentinalik markaziy hujumchi Alexo Veliz Angliyaning «Tottenxem» klubini tark etib, faoliyatini Braziliyada davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, Veliz o'tgan yilgi Braziliya chempionatini ettinchi o'rinda yakunlagan «Baiya» klubida to'p suradi. Transfer summasi 9 million evro va bonuslardan iborat bo'ladi. Futbolchi «Tottenxem»ning asosiy tarkibidan joy ola bilmadi — u London klubi safida bor-yo'g'i 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
O'tgan mavsumda Veliz ijara asosida «Rosario Sentral» sharafini himoya qilib, Argentina chempionatining 16 ta uchrashuvida 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308