«Lill» Burak Yilmazni bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Frantsiyaning «Lill» klubida bosh murabbiy o'zgarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati ayni damda vatanida «Gaziantep» jamoasini boshqarayotgan sobiq futbolchisi Burak Yilmaz nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Faoliyatini yakunlagach, Yilmaz «Beshiktosh»da vaqtinchalik murabbiy bo'lib ishlagan, shuningdek, «Kayserispor» va «Qosimposho» klublarini boshqargan. Tavolerining fikricha, u mavsum yakunida «Gaziantep»ni tark etishi mumkin. Hozircha «Lill» tomonidan Yilmazga rasmiy taklif tushmagan.
«Lill»ning amaldagi bosh murabbiyi Bruno Jenezio yil boshidan beri kuchli bosim ostida qolmoqda — uning jamoasi bitta o'yindan tashqari barcha uchrashuvlarda mag'lub bo'ldi. Hozirda jamoa chempionatda beshinchi o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
319