Murilo «Marsel»dan «Beshiktosh»ga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Yanvar oyidagi transfer oynasining so'nggi soatlarida «Marsel» himoyachisi Amir Murilo kutilmagan tarzda sotuvga qo'yildi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Zaxira tarkibiga o'tkazilgan Murilo boshqa bir klubdan taklif oldi, biroq bu taklif shu qadar kech keldiki, transferni yakunlash uchun vaqt qolmadi. Shunga qaramay, Turkiyada transfer oynasi hali ochiq ekanini inobatga olsak, futbolchi aynan o'sha erga yo'l olishi ehtimoli yuqori.
Jahon chempionati oldidan doimiy o'yin amaliyotiga muhtoj bo'lgan Murilo «Beshiktosh» safiga o'tishi mumkin. Klublar o'rtasida 4 milliondan 6 million evrogacha bo'lgan kelishuv bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Futbolchi 3,5 yillik shartnomaga imzo chekishi mumkin.
Joriy mavsumda 29 yoshli panamalik futbolchi 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida 5 ta sariq kartochka bor.

Bosh sahifaga
308