Immobile Italiyani tark etib, Frantsiya klubiga o'tgani haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

Italiyalik hujumchi Chiro Immobile o'z vatanini tark etdi, biroq u qadar uzoqqa ketmadi — u qo'shni Frantsiyada to'p suradigan bo'ldi. Bergan intervyusida u nima uchun aynan shunday tanlov qilganini tushuntirib, Frantsiyada o'ynashni juda ham istaganini ta'kidladi.
«Hozirda Parijdan uy qidiryapman, bu erda oilam bilan yashamoqchiman. Buni hammamiz xohlaymiz, chunki bu shaharni dunyodagi eng yaxshi joylardan biri deb hisoblaymiz», — deya italiyalik bombardirning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Chironing yangi klubi — «Parij» hozirda Frantsiya yuqori divizionida jon saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. Immobile ilgari Italiyada «Bolonya» va ayniqsa, Rimning «Latsio» klublaridagi sermahsul o'yinlari bilan tanilgan edi.

Bosh sahifaga
319