Azar: «Inter» — favorit, ammo «Yuve» va «Napoli»ni unutib bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Belgiyalik sobiq futbolchi Eden Azar Italiya A Seriyasidagi chempionlik bahsi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Hozirda turnir jadvalida o'tgan mavsum vitse-chempioni «Inter» peshqadamlik qilmoqda, «Milan» esa undan besh ochko ortda qolmoqda.
«Inter» — favorit, ammo hamma narsa o'zgarib ketishi mumkin. «Yuventus» qaytmoqda, «Napoli» ham kuchli. Lekin «Inter»da Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyat qozonish imkoniyati bor. So'nggi uch yil ichida ikki bor finalga chiqish — bu tasodif emas», — deya Azarning so'zlarini keltiradi Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri.
Eslatib o'tamiz, Eden Azar 2023 yilning oktyabr oyida faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330