«Atalanta» yulduzi «Yuve» ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Atalanta» Italiya Kubogi chorak finalida Turinning «Yuventus» jamoasini javobsiz uchta gol bilan tom ma'noda er tishlatdi. Yaqindagina Bergamo klubi safiga (jarohatdan so'ng) qaytgan Djanluka Skamakka muvaffaqiyat haqida to'xtalib, jamoasi yaratilgan vaziyatlardan unumliroq foydalanganini ta'kidladi.
«O'yin aslida juda keskin o'tdi, bizga shunchaki imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanish nasib etdi. Bizda birdam jamoa bor va bu g'alaba bizga ulkan zavq bag'ishladi», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi calcioatalanta.it.
Eslatib o'tamiz, «Atalanta» o'z tarixida ushbu turnirda faqat bir marta — 1963 yilda g'olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322