SPL. Benzema debyutida xet-trik qayd etgan o'yinda «Al-Hilol» safarda o'ta yirik g'alabani nishonladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

«Al-Hilol» Saudiya Arabistoni chempionati 21-turi doirasida safarda «Al-Oxdud» jamoasini tor-mor keltirdi — 6:0.
Mehmonlar safidagi debyut o'yinida Karim Benzema xet-trik qayd etdi. 38 yoshli frantsuz fevral oyi boshida «Al-Ittihod»dan transfer qilingan edi.
Shuningdek, «Al-Hilol» a'zosi Salem Al-Dovsari dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga «Zenit»ning sobiq a'zosi Malkom mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi goldan tashqari o'z hisobiga uchta golli uzatmani ham yozdirib qo'ydi.
Hozirda «Al-Hilol» 50 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionatida peshqadamlik qilmoqda. «Al-Oxdud» (10 ochko) esa turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317