Italiya kubogi. «Atalanta» «Yuventus»ni tor-mor etib, yarim finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

«Atalanta» Italiya Kubogi chorak finali doirasida kechgan bahsda o'z maydonida «Yuventus»ni mag'lub etdi — 3:0.
Bergamoliklar 27-daqiqada Janluka Skamakka tomonidan penaltidan kiritilgan gol evaziga hisobni ochishdi. 78-daqiqada mezbonlarning ikkinchi goliga Kamaldin Sulemana mualliflik qildi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani 85-daqiqada Mario Pashalich qo'ydi.
Shu tariqa, «Atalanta» Italiya Kubogi yarim finaliga yo'l oldi. Raffaele Palladino shogirdlari navbatdagi bosqichda «Bolonya» — «Latsio» juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
329