Benzema «Al-Hilol» safida debyutidayoq gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 775

Hujumchi Karim Benzema payshanba oqshomida yangi jamoasi — «Al-Hilol» safida debyut qildi. Frantsiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi «Al-Ohdud»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va birinchi bo'limning o'zidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Benzema 31-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Fevral oyi boshida 38 yoshli Karim Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga ko'chib o'tgan edi. Xabarlarga ko'ra, Benzema Jidda klubining shartnomani uzaytirish bo'yicha bergan taklifini eshitgach, o'zini «haqoratlangandek» his qilgan va jamoadan ketishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Karim Benzema «Oltin to'p» sohibi hisoblanadi. Frantsiyalik yulduz ushbu nufuzli mukofotni 2022 yilda qo'lga kiritgan edi.
31 minutos demoró Karim Benzema en marcar su primer gol con el Al-Hilal. Además, vaya manera de estrenarse, con un taco ????pic.twitter.com/Kgkfgrj6kl
— The Chips (@TheChips_Futbol) February 5, 2026
Bosh sahifaga
324