Salohning keyingi manzili qaer bo'lishi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 989

Hammasi Muhammad Salohning shu yozda «Liverpul»ni tark etishiga qarab bormoqda. Winwin nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, Salohning keyingi klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi bo'lishi mumkin.
Matbuot allaqachon Salohni Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi bilan bog'lamoqda. «Liverpul» misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganda, uni sotib yuborib, mablag' ishlab olishni rejalashtirgan.
Saloh «Liverpul» safida jami 425 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 251 ta gol urdi va sheriklariga 119 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali Salohni 30 million evroga baholamoqda. Iyun oyida Muhammad o'zining 34 yoshini nishonlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325