Rosenor: «Chelsi» futbolchilarining hafsalasi pir bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 701

«Chelsi» Angliya liga kubogi yarim finalida ikki o'yin natijasiga ko'ra «Arsenal»ga imkoniyatni boy berib (2:3, 0:1), musobaqani tark etdi. Jamoa bosh murabbiyi Liam Rosenor ushbu muvaffaqiyatsizlik va futbolchilarning holati haqida gapirdi.
«Bu juda qattiq zarba bo'ldi. Biz keyingi bosqichga chiqishimizga ishongandik. Kiyinish xonasida futbolchilar ruhan tushkun holatda edilar — va bu tabiiy. Jamoaning reaktsiyasi to'g'ri bo'ldi. Endi biz bor e'tiborimizni kelajakka qaratishimiz kerak.
Seshanba kuni o'z uyida juda kuchli bo'lgan jamoaga («Arsenal»ga) qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. O'yin bizning foydamizga hal bo'lishi ham mumkin edi. Biz hafsalamiz pir bo'lganini yashirmaymiz, lekin endi diqqatimizni «Vulverxempton»ga qarshi bahsga qaratganmiz», — deya Rosenorning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Hozirda «Chelsi» Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
308