«Real» rahbariyati Arbeloa davridagi tarkibdagi o'zgarishlardan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Madridning «Real» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaga ayrim yulduzli o'yinchilar pozitsiyalarining doimiy ravishda almashtirilayotganidan norozilik bildirgan. Shuningdek, futbolchilarni o'zlariga xos bo'lmagan pozitsiyalarda qo'llash ham salbiy munosabatga sabab bo'lmoqda, deb xabar beradi COPE.
Eng yaqqol misol sifatida yarim himoyachi Eduardu Kamavinga bilan bog'liq holat keltirilmoqda. Frantsiyalik futbolchi Ispaniya La Ligasining 22-turida «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinda chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushirildi. Holbuki, ushbu pozitsiyada o'ynay oladigan Fran Garsiya va Alvaro Karreras zaxira o'rindig'ida qoldirilgan edi.
Ispaniya chempionatining 22 ta uchrashuvidan so'ng «Real» 54 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
314