«Bavariya» himoyachi Boeni «Galatasaroy»ga ijaraga berganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472
42
«Bavariya» matbuot xizmati klubning rasmiy sayti orqali qanot himoyachisi Sasha Boening mavsum oxirigacha ijara asosida «Galatasaroy»ga o'tgani haqida xabar berdi.
Boe 2024 yil yanvar oyida «Galatasaroy»dan Myunxen klubiga o'tgan edi. Shu vaqt mobaynida 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda jami 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. O'yinchining nemis klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310