Leon Goretska APL grandlari nishonida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 762

Yaqinda Leon Goretskaning yozda «Bavariya»ni tark etishi va erkin agent maqomini olishi haqida e'lon qilingan edi. Germaniya terma jamoasi a'zosi faoliyatini «Tumanli Albion»da davom ettirishi mumkin.
Taniqli jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 30 yoshli Goretskaning holatini kuzatib borayotgan klublar qatoriga «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» kiradi.
Leon Goretska shu vaqtga qadar hech qachon boshqa davlat chempionatlarida to'p surmagan. «Bavariya»ga qadar yarim himoyachi «Boxum» va «Shalke» klublari sharafini himoya qilgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Goretska 28 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
368