«Yuventus»ning 75 millionlik yulduzi Azarni hayratda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15021

O'tmishning mashhur futbolchisi Eden Azar «Yuventus» hujumchisi Kenan Yildizning o'yiniga yuqori baho berdi. Belgiyalik sobiq yulduzga yosh iste'dod egasining harakatlari juda manzur kelmoqda.
«Farzandlarim Yildizni juda yaxshi ko'rishadi. Ular Kenanni Premer-ligada ko'rishni umid qilishmoqda, ammo men uchun u — «Real Madrid» darajasidagi o'yinchi», — deya Azarning so'zlarini keltiradi The Touchline.
2025/2026 yilgi mavsumda Kenan Yildiz 31 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga to'qqizta gol va sakkizta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchini 75 million evroga baholamoqda.
Aytish joizki, Eden Azar «Real» safiga 2019 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Biroq belgiyalik futbolchi Madrid top-klubida o'zini to'laqonli ko'rsata olmadi. Azar faoliyatini juda erta — 32 yoshida yakunladi.

Bosh sahifaga
365