«Manchester Yunayted» «Yuventus» xavbeki uchun harakatni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56

Yaqinda «Manchester Yunayted» mavsum yakunlangach, Kazemiro klubni tark etishini e'lon qildi. Endi «qizil iblislar» yarim himoyachilar bozorini ko'zdan kechirishmoqda.
The Touchline nashrining xabar berishicha, mankunianliklar Manuel Lokatellini o'z saflariga qo'shib olmoqchi. Klub allaqachon «Yuventus» xavbekining atrofidagi insonlar bilan aloqaga chiqqan. Shunga qaramay, «qizil iblislar»da yozgi transfer oynasi uchun maydon markazini kuchaytirish borasida boshqa variantlar ham mavjud.
Lokatellining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Italiya terma jamoasi a'zosini 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336