«Krishtianu — bu Krishtianu»: Azar nima uchun Ronaldu kabi yashashni istamaganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 548

Belgiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Eden Azar murabbiy Mauritsio Sarri haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Ular 2018/19 yilgi mavsumda «Chelsi»da birga faoliyat yuritishgan.
Azarning ta'kidlashicha, Sarri unga Krishtianu Ronaldudan o'rnak olishni va xuddi u kabi hayot tarzini yuritishni maslahat bergan.
«Men buni istamaganman. Hech qachon haddimdan oshmaganman, lekin maydonda ham, uning tashqarisida ham doim Azar bo'lib qolishni xohlaganman. Do'stlarim meni kechki ovqatga taklif qilishsa — rozi bo'lardim. Agar bir qadah vino ichkim kelsa — o'zimni tiymasdim. Krishtianu bu — Krishtianu, men esa — menman», — deya Azarning so'zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
«Sarri bilan o'rtamizda o'ziga xos munosabatlar shakllangan. O'ylaymanki, uning futbol haqidagi g'oyalari menikiga juda yaqin. Vaqti-vaqti bilan uning mashg'ulotlari zerikarli ekanini aytardim, lekin bu tanqid emasdi. Bundan tashqari, natijalar uning haq ekanligini isbotlardi».
Sarri qo'l ostida London klubi Evropa Ligasi g'olibiga aylangan edi.

Bosh sahifaga
333