Totti yana «Roma»ga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1849

«Roma»ning tirik afsonasi Franchesko Totti yana qadrdon jamoasiga qaytishi mumkin. Bu haqda klub rahbarlik lavozimida ishlayotgan Klaudio Raneri Sky Italia telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Trigoriyadagi qarorgohda berilgan intervyuda funktsioner klub xo'jayinlari — Fridkinlar oilasi bu masalani jiddiy ko'rib chiqayotganini ta'kidladi.
«Bilaman, Fridkinlar bu haqda o'ylashmoqda. Bunga umid qilaman. Franchesko «Roma»ga chindan ham foyda keltira oladi, chunki u — ushbu klubning ajralmas bo'lagidir», — deydi Raneri.
Eslatib o'tamiz, «Imperator» 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagach, darhol klub direktori sifatida ish boshlagan edi. Biroq 2019 yilda rahbariyat bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar va strategik qarorlar qabul qilishda uning roli cheklangani sababli o'z lavozimini tark etgandi.

Bosh sahifaga
312