«PSJ» ham Neymarga xabar yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450

«PSJ» ijtimoiy tarmoqlarda yangi post qoldirdi. Frantsiya Liga 1 grandi hujumchi Neymarni tavallud ayyomi bilan tabrikladi. Payshanba kuni braziliyalik futbolchi 34 yoshga to'ldi.
«Tug'ilgan kuning bilan, Neymar!» — deyiladi parijliklarning xabarida.
2017 yilning yozida «PSJ» Neymarni «Barselona»dan aql bovar qilmaydigan 222 million evro evaziga sotib olgan edi. Ushbu transfer haligacha futbol olamida qiymat jihatidan rekord bo'lib qolmoqda.
«PSJ» libosida Neymar turli turnirlarda 173 ta o'yin o'tkazdi. Ularda braziliyalik forvard 118 ta gol urdi va jamoadoshlariga 80 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314