«Barselona» Neymarni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 510

Bugun, 5 fevral kuni Neymar tug'ilgan kunini nishonlamoqda — braziliyalik yulduzli hujumchi 34 yoshga to'ldi. Uning sobiq klubi «Barselona» futbolchini bayram bilan tabrikladi.
«Tug'ilgan kuning bilan, Neymar!» — deyiladi «ko'k-anorranglilar»ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida qoldirilgan xabarda.
Neymar 2013–2017 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida braziliyalik futbolchi 186 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 105 ta gol va 76 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
2017 yilning yozida «Barselona» Neymarni «PSJ»ga 222 million evro evaziga sotgan edi. Ushbu transfer haligacha futbol tarixidagi eng qimmat kelishuv bo'lib qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310