«Bedarak yo'qolgan 40 yoshli erkakni qidiryapmiz»: Saudiya ko'chalarida Ronaldu ustidan kulishmoqda (Foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 759

Saudiya Arabistoni ko'chalarida paydo bo'lgan g'alati plakatlar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo'ldi. Krishtianu Ronalduning «An-Nasr»dagi so'nggi voqealardan keyingi hissiyotlari mahalliy muxlislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Ko'chalarda paydo bo'lgan plakatlarda shunday yozuvlarni ko'rish mumkin:
«Bedarak yo'qoldi! Biz hozir tinimsiz yig'layotgan 40 yoshli erkakni qidirmoqdamiz. Oilasi uni izlamoqda».
Ushbu voqealar Ronalduning klub boshqaruviga nisbatan noroziligi fonida sodir bo'lmoqda. Krishtianu Saudiya investitsiya jamg'armasi (PIF) «An-Nasr»dan ko'ra «Al-Hilol»ga ko'proq e'tibor qaratayotgani sabab «Nasr» o'yinlarini boykot qildi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
255