O'rtoqlik o'yini. «Dinamo» «Aral»ni yirik hisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 847

Bugun, 5 fevral kuni «Dinamo» jamoasi Toshkentda Nukusning «Aral» klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Ne'matilla Qutiboev murabbiyligidagi Pro liga ishtirokchisini yirik hisobda mag'lub etishdi.
O'yinning 2-daqiqasida Anvarjon Hojimirzaevning uzatmasidan keyin Azizbek Amonov hisobni ochgan bo'lsa, 8-daqiqada yana Hojimirzaevning uzatmasidan keyin hujumga etib kelgan urugvaylik himoyachi Mauro Brazil boshi bilan ajoyib golga mualliflik qildi – 2:0.
Ikkinchi bo'limda esa Nurillo To'xtasinov va Mirjahon Mirahmadov hisobni yanada yiriklashtirdi – 4:0.
Bugungi bahsda frantsiyalik himoyachi Mahammadu Dembele samarqandliklar ko'rigida qatnashdi.
O'rtoqlik o'yini. 5 fevral
«Dinamo» - «Aral» - 4:0
Gollar: Azizbek Amonov 2, Mauro Brazil 8, Nurillo To'xtasinov 55, Mirjahon Mirahmadov 77.
«Dinamo»: Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Mahammadu Dembele, Dramane Salou, Jahongir Abdusalomov, Akbar Xudoyberdiev, Anvarjon Hojimirzaev, Azizbek Amonov, Ulug'bek Hoshimov.
Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug'bek Abdullaev, Rasul Yo'ldoshev, Kingsli Sarfo, Bektemir Abdumannonov, Nurillo To'xtasinov, Firdavs Abdurahmonov, Xislat Xalilov, Mirjahon Mirahmadov, Abdulahad Hoshimov, Behruzbek Obloqulov.

Bosh sahifaga
273