Tosun muddatidan oldin «Everton»ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499

Shu yilning yanvar oyida "Everton" hujumchisi Jenk Tosun "Kristal Pelas"ga ijaraga berildi va joriy mavsum yakunida "Everton" safiga qaytishi kerak edi.
Sky sports xabariga ko'ra, 28 yoshli hujumchi mashg'ulot paytida tizzasidan jarohat olgan, shuning uchun "Everton"ga qaytib kelgan.
Hozirda klubining tibbiy xizmati turkiyalik futbolchining ahvolini o'rganmoqda va, ehtimol, "Kristal Pelas" mavsumning qolgan qismida hujumchining xizmatlaridan foydana olmasligi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, APLning joriy mavsumida Jenk Tosun 10 ta uchrashuvda, 2 ta gol urgan.
Manba: Sky SportsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261