Slot Virtsning nimani yaxshilaganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 967

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa yarimhimoyachisi Florian Virtsning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Florian Virts to'p bilan o'yinini yaxshi tomonga o'zgartira olmadi, chunki u boshidanoq to'p bilan o'ynashda ajoyib edi. To'psiz esa boshqa ba'zi futbolchilar singari unda ham jiddiy o'sishni ko'ryapman", - deya Slotning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 22 yoshli yarim himoyachini joriy mavsum starti oldidan o'z safiga qo'shib oldi va "Bayer"ga rekord darajadagi 125 million evro to'ladi.
Mersisaydliklar safida Virts barcha turnirlarni hisobga olgan holda 32 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334