"Atletiko"ning transferi qishki mavsum yopilishi oldidan barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 630

"Portu" yarimhimoyachisi Gabri Veyga qishda La Ligaga ko'chib o'tishi mumkin edi. Futbolchini Madridning "Atletiko" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "matraschilar" Veyga bo'yicha taklif bilan chiqqan. Javob berishni "Portu" oxirigacha cho'zdi. Natijada, portugal klubi "Atletiko"ning transfer oynasining so'nggi kunlaridagi taklifiga rad javobini berdi.
Qayd etilishicha, Veygaga boshqa top-klublar ham qiziqish bildirmoqda. U kelasi yozdayoq "Portu"ni tark etishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335