Nketia "Vest Xem"ga o'tishi mumkin edi, ammo jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2076

"Kristal Pelas" forvardi Eddi Nketia yanvar transfer oynasida Londonning "Vest Xem" klubiga o'tishi mumkin edi. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, "bolg'achilar" "burgutlar" bilan futbolchini 31 million evroga sotib olishga kelishib olgan. Biroq bitim so'nggi pallada Nketianing jarohati tufayli barbod bo'ldi. O'yinchi mashg'ulot paytida taqim payidan jarohat oldi.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 26 yoshli hujumchi 12 ta uchrashuv o'tkazdi. Ikkita golni Nketia o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. "Vest Xem" APL jadvalida 18-o'rinda, "Kristal Pelas" esa 15-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326