"Liverpul", "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari 57 mln evrolik darvozabonga da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4768

«Sanderlend»ning niderlandiyalik posboni Robin Rufs APLning birdaniga uchta top-klubi e'tiborida turibdi. Football Insider nashrining xabariga ko'ra, 23 yoshli golkiperni «Liverpul», «Manchester Siti» va Londonning «Chelsi» klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.
«Qora mushuklar» o'z navbatida Rufs uchun 50 million funtdan (taxminan 57 mln evro) ko'proq mablag' ishlab olmoqchi.
Robin «Sanderlend»ga Niderlandiyaning NEK klubidan 10,5 million evro evaziga o'tgan edi. U ingliz klubi bilan 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
APLning joriy mavsumida Rufs 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 26 ta to'p olib chiqdi. Sakkizta o'yinda esa u o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bosh sahifaga
391