Kivu Kubokdagi muvaffaqiyat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 587

Milanning «Inter» klubi ustozi Kristian Kivu jamoasining «Torino»ga qarshi o'tkazilgan so'nggi o'yini natijasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Italiya Kubogi chorak finali doirasidagi ushbu uchrashuv «neradzurri»ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«Men o'yindan, bunday bahsda biz uchun juda zarur bo'lgan energiyadan va yarata olgan vaziyatlarimizdan mamnunman. Albatta, hisob 2:1 ko'rinishiga kelganda, raqibda «ikkinchi nafas» ochiladi va ular ushbu impulsni ilib ketishga harakat qilishadi, biroq ular bizga jiddiy muammo tug'dirishmadi», — deya Kivuning so'zlarini keltiradi Sport Mediaset.
Italiya chempionatining 23 turidan so'ng milanliklar 55 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turishibdi.
Yakshanba kuni «Inter» safarda «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
398