«Real» Endrik bo'yicha bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52

Madridning «Real» klubiga tegishli bo'lgan hujumchi Endrik «Lion» safida uzoq qolmaydi.
19 yoshli futbolchi Frantsiyada o'zini juda yorqin ko'rsatmoqda: u «to'quvchilar» safida o'tkazgan beshta o'yinida beshta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Diario AS nashrining xabariga ko'ra, «Real» rahbariyati braziliyalik futbolchining yozda, mavsum yakunlanishi bilanoq qaytarilishi borasida bir qarorga kelgan. «Qaymoqranglilar» ijara muddatini uzaytirishga rozi bo'lishmaydi, shuningdek, boshqa klublardan keladigan transfer takliflari ham ko'rib chiqilmaydi.
Endrik «Lion» safiga yanvar oyi boshida kelib qo'shilgan edi. Frantsiya Kubogining 1/8 finali doirasida «Laval»ga (2:0) qarshi kechgan yaqindagi bahsda yosh hujumchi 80-daqiqada gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
321