«Chelsi» bilan xayrlashgan Sterling faoliyatini Osiyoda davom ettiradimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

«Chelsi»ning sobiq vingeri Rahim Sterling faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettirishi mumkin. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, 31 yoshli futbolchiga BAAning «Palm Siti» klubi qiziqish bildirmoqda. Hozircha ushbu variant angliyalik futbolchining o'zi uchun qay darajada qiziqarli ekani noma'lum.
Rahim Sterling 2022 yil yozidan beri «Chelsi»ga tegishli edi, ungacha esa «Manchester Siti» va «Liverpul» klublari sharafini himoya qilgan. Futbolchi Angliya Premer-ligasidagi 396 ta o'yinda 123 ta gol va 75 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, mamlakat milliy terma jamoasi safidagi 82 ta bahsda 20 ta gol va 27 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, Sterling va «Chelsi» o'rtasidagi shartnoma shu yilning yanvar oyi oxirida bekor qilingan edi.

Bosh sahifaga
317