«Barselona»ning sobiq futbolchisi: «Real» - mening sevimli jamoam, Ronaldu - dunyoning eng yaxshisi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 446

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng uning sevimli klubi Madridning «Real» jamoasi ekanligini tan oldi.
«Mening sevimli jamoam doimo «Real» bo'lgan. Krishtianu Ronalduni dunyoda tengsiz deb hisoblardim. Biroq «Barselona» sharafini himoya qilganim sababli, matbuot anjumanlarida yolg'on gapirishga majbur bo'lganman. Aks holda, u erda o'ynay olmasdim», — deya Boatengning so'zlarini keltirmoqda DeadlineDayLive akkaunti.
Eslatib o'tamiz, Kevin-Prins 2019 yilda ijara asosida «Barselona»da to'p surgan. Uning futbolchilik faoliyatidagi so'nggi klubi Berlinning «Gerta»si bo'lgan edi. Boateng Gana terma jamoasi safida 15 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318