«Chelsi» sobiq himoyachisi Xitoy klubiga yo'l olishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380

Angliya Premer-ligasida Londonning «Chelsi» klubi safidagi o'yinlari bilan tanilgan frantsiyalik himoyachi Kurt Zuma faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin.
Footmercato nashrining xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi Xitoyning «Shandun Tayshan» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Tomonlar bir yillik shartnoma imzolashadi va unda kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko'zda tutiladi.
Tajribali frantsiyalik himoyachining oxirgi ish joyi Ruminiyaning ChFR klubi bo'lgan edi. O'tgan mavsumda Zuma bor-yo'g'i uchta o'yinda ishtirok etib, ikkita sariq kartochka oldi.
Hozirgi vaqtda Kurt erkin agent maqomida bo'lib turibdi. Uning bozor qiymati to'rt million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
401