Italiya kubogi. «Napoli» – «Inter» o'yini ham boshqa muddatga qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 454

Italiya kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan «Napoli» va «Inter» jamoalari o'rtasidagi javob o'yini ham koronavirus tufayli boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar tarqatdi.
Ushbu o'yin qachon o'tkazilishi borasida hozircha ma'lumot tarqatilmadi.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" – "Inter" o'yin ertaga 5 mart kuni Neapoldagi "San-Paolo" stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. "San-Siro"da o'tkazilgan dastlabki o'yinda Gattuzo shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
Ma'lumot o'rnida. "Yuventus" va "Milan" o'rtasidagi bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Italiya kubogi yarim final bosqichining javob o'yini ham boshqa muddatga qoldirilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237