«Real»dan super yurish: 65 millionlik futbolchi 9 millionga qaytarib olinyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 535

«Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pas mavsum yakunlanganidan keyin Madridning «Real» klubiga qaytadi.
21 yoshli futbolchi Sesk Fabregas jamoasida o'z iqtidorini to'la namoyish etdi va «qaymoqranglilar» rahbariyatining fikricha, u uyga qaytishga tayyor. Diario AS nashrining xabariga ko'ra, «Real» kelayotgan yozda argentinalik futbolchini 9 million evro evaziga qayta sotib olish huquqidan foydalanadi. Bu mablag' futbolchining bozor qiymatidan ancha past hisoblanadi — boshqa klublar «Komo» yulduzini qo'lga kiritish uchun bundan bir necha barobar ko'p haq to'lashlariga to'g'ri keladi.
Hozircha «Real» Nikolas Pasni asosiy tarkibda o'ynatishni rejalashtiryaptimi yoki yo'q — bunisi noma'lum. Hujumkor yarim himoyachi boshqa biror grand klubga foydaliroq narxda qayta sotib yuborilishi ham istisno etilmayapti. Transfermarkt portalida futbolchining narxi ayni damda 65 million evro etib belgilangan.

Bosh sahifaga
398